1

Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» asari polyak tilida Polsha kutubxonalariga tarqatildi

Jamiyat 11.03.2014, 14:58
Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» asari polyak tilida Polsha kutubxonalariga tarqatildi

Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» asari birinchi marotaba polyak tiliga polshalik mutaxassis Yanuj Kjijovskiy tomonidan tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi va Polsha kutubxonalariga tarqatildi.

Ushbu nashrning bir nusxasi muallifning iltimosiga binoan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasiga sovg`a tariqasida taqdim etildi. Ushbu asarni “Jahon” xorijiy adabiyotlar o`quv zalida o`qish mumkin. Bu haqda Milliy kutubxona rasmiy saytida xabar qoldirilgan.

Ya.Kjijovskiy Lodz shahridagi Tibbiyot akademiyasini va Varshava universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. U 1964 yilda Berlin shahrining Gumboldt universitetida fan doktori unvonini, 1986 yilda didaktik faoliyati uchun “Oltin xoch” mukofoti bilan taqdirlangan. Polshaning “Er haqidagi fan” jamiyati a`zosi va mashhur milliy sayohatchidir.

Ya.Kjijovskiy Sharqning Alisher Navoiy, Bobur, B.Luqnavi, F.Xoshmi va U. Hayyom kabi mashhur shoirlari asarlarini tarjima qilish ustida ishlamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1