ShO`RXOK ERDAN UNGAN ShIRIN MEVALAR

Rekord 06.12.2017, 13:55
ShO`RXOK ERDAN  UNGAN ShIRIN  MEVALAR

Ehtimol buning nimasi antiqa, bog` yaratish oddiy hol-ku, deyishingiz mumkin. Ammo, u sho`r bosib yotgan 25 sotix erda bog` yaratishga bel bog`lagan paytda 12 yoshli bola edi. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani markazida yashovchi bu yigit — O`tkirbek Chorshanbievhozir 29 yoshda...

U 1999 yilda otasi bilan Nishon tumani hokimligiga murojaat qilib, “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi 1-maktab yaqinida joylashgan qarovsiz, sho`rxok erni so`rab olgandi. Shundan so`ng bu erda dehqon xo`jaligi tashkil etildi. Avvaliga tanish-bilishlari uning bu ishi uchun qattiq koyishdi. Bu erda yantoqdan boshqa hech narsa o`smaydi, deb uni yo`ldan qaytarishdi. Ammo, O`tkirbek niyatidan qaytmadi. O`ziga o`xshash harakatchan do`stlari unga yordam berishdi. Avvaliga bir yil davomida erning sho`rini qochirib, ishlov berishdi.

Keyingi yili bu maydonning etti sotix qismiga etti xil mevali daraxtdan etmish tup o`tkazishdi. O`tkirbek o`z bog`iga “Mustaqillik bog`i” deb nom qo`ydi. Maydonning qolgan qismiga chorva ekinlari ekdi.

Bugun O`tkirbekning bog`i g`arq mevaga kirgan. “Mustaqillik bog`i”da etilgan olma, behi, anor, olcha, gilos, o`rik va olxo`rining ta`mi og`zingizda qoladi. O`tkirbek etishtirgan mevalar asosan maktab o`quvchilariga, qo`ni-qo`shnilar, yaqinlarga tarqatiladi. Ortgani bozorga chiqariladi. Biroq, O`tkirbek bu bog`ni moddiy manfaatdorlik uchun emas, o`zidan yaxshi nom qoldirish, odamlarning duosini, olqishini olishmaqsadida yaratganini aytadi.

— Inson hech qachon mehnatdan qochmasligi kerak, — deydi O`tkirbek. — Inson avvalo o`z kuchiga ishonishi, o`ziga ham, boshqalarga ham foyda keltirishi uchun mehnat qilishi kerak. Men har doim o`z bog`imning shig`il mevalarini ko`rsam, bu mevalardan odamlar bahramand bo`layotganini ko`rsam, xursand bo`lib ketaman.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1