1

EChL. «Arsenal» va «Milan» musobaqani tark etishdi(VIDEO)

Sport 12.03.2014, 09:27
EChL. «Arsenal» va «Milan» musobaqani tark etishdi(VIDEO)

Kecha Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob o`yinlari doirasida ikkita uchrashuv bo`lib o`tdi.

Musobaqaning amaldagi g`olibi “Bavariya” jamoasi o`z maydonida “Arsenal” bilan 1: 1 hisobida durang qayd etdi.

Ushbu natija myunxenliklar uchun keyingi bosqichga yo`l olishga kifoya qildi. Xabaringiz bor, dastlabki o`yinda "Bavariya" safarda "Arsenal"ni o`z maydonida 2:0 hisobida mag`lub etgandi.

Ikkinchi o`yinda “Milan” klubi "Atletiko"ga yirik 4:1 hisobida mag`lub bo`ldi.

Dastlabki o`yinda “Atletiko” 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan edi. Shu tariqa ushbu juftlikda kelasi bosqichga "Atletiko" yo`l oladigan bo`ldi.

EChL, 1/8 final


Bavariya Germaniya – Arsenal Angliya 1:1 (0:0, 1:1) 
Gollar: 1:0 – 55 Shvaynshtayger, 1:1 – 57 Podolski. 



Atletiko Ispaniya – Milan Italiya 4:1 (2:1, 2:0) 
Gollar: 1:0 – 3 Kosta, 1:1 – 27 Kaka, 2:1 – 40 Turan, 3:1 – 71 R. Garsiya, 4:1 – 85 Kosta. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1