AsosiyShou-biznes

Shahzoda Muhammedovaning to`ylarda kuylashi qoluvdi...

Aktrisa Shahzoda Muhammedova san`at bilan birgalikda dizaynerlikni ham bir maromda olib borishi ko`pchilikka sir emas...

Aslida u Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Teleboshlovchilikni ham uddalagan Muhammedovaning qo`shiq kuylayotgani ko`pchilikka ma`lum. Ammo uning xalq xizmatlaridagi “faoliyat”i odamlarga erish tuyulyapti. “Shahzodaning to`ylarda kuylashi qoluvdi. Bu ketishda tomoshabinlarning medasiga tegib qolishi aniq” degan fikrlar ko`paygan. 

Shahzoda Muhammedova, aktrisa: - (Kulib) Xalq xizmatlariga borishim odamlarga malol kelmasa kerak. Axir qo`shiqchilar kinoda rol o`ynasa biz - aktyorlar indamayapmiz-ku! San`at “qozon”ida qaynagandan keyin qo`shiq aytadimi yoki rol o`ynaydimi, buning farqi yo`q. Muhimi, muxlislarning talabi! Men ham ana shu talabdan kelib chiqqan holda xalq xizmatlariga boryapman, xolos. 

    Boshqa yangiliklar