O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy sayti xabariga ko`ra, Andijon shahar hokimi, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi D.Rahmatullaev joriy yilning 16 oktyabr kuni shahardagi qator ta`lim muassasalarining rahbarlarini nojo`ya so`zlar bilan haqorat qilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirish o`tkazilmoqda.
D.Rahmatullaevning harakatlarida sud tartibida ko`rib chiqilishi lozim bo`lgan ma`muriy huquqbuzarlik alomatlari bo`lganligini inobatga olgan holda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengashiga D.Rahmatullaevni javobgarlikka tortishga rozilik olish to`g`risida taqdimnoma kiritilgan.
Hozirgi kunda mazkur taqdimnoma Kengashi tomonidan ko`rib chiqilmoqda.






