1

Latviyadagi xalqaro turnirda o`zbekistonlik gimnastikachilarning mahorati yuqori baholandi

Sport 14.03.2014, 12:18
Latviyadagi xalqaro turnirda o`zbekistonlik gimnastikachilarning mahorati yuqori baholandi

Latviya poytaxti Riga shahrida sport gimnastikasi bo`yicha o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan an`anaviy xalqaro turnirda o`zbekistonlik gimnastikachi qizlarning mahorati yuqori baholandi.

Musobaqada mezbonlardan tashqari, O`zbekiston, Belarus, Ukraina, Polsha, Gruziya, Rossiya, Armaniston, Isroil va Litvadan kelgan sportchilar  ko`pkurash va alohida yo`nalishda mashq bajarish bo`yicha o`zaro raqobatlashdi, deya xabar beradi O`zA.

Sport gimnastikasining eng murakkab yo`nalishi – ko`pkurash bahslarida yosh gimnastikachimiz Turdixon Islomova barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo`ldi. Veronika Orlova o`z guruhidagi ko`pkurash bahslarida kumush medalni qo`lga kiritdi.

Ushbu yo`nalishda O`zbekiston terma jamoasi birinchi o`rinni egalladi.

Sport gimnastikasining alohida yo`nalishlari bo`yicha o`tkazilgan musobaqalarda Turdixon Islomova brus va xoda ustida mashq bajarishda ikkita oltin, tayanib sakrash va erkin mashq bajarishda bir juft kumush medalga loyiq topildi. Veronika Orlova esa ushbu yo`nalishlarda mashq bajarishda ikkita oltin, bittadan kumush va bronza medal bilan taqdirlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1