“Bavariya” prezidenti ozodlikdan mahrum etildi

Sport 14.03.2014, 15:34
“Bavariya” prezidenti ozodlikdan mahrum etildi

Germaniyaning “Bavariya” klubi prezidenti Uli Xyoness o`z lavozimini tark etdi.

U soliq to`lashdan bosh tortgani uchun Myunxen sudi tomonidan 3,6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda. Ayblov tomoni esa unga 5,6 yil qamoq muddatini talab qilgan edi. 

Xyoness shikoyat arizasidan bosh tortdi va unga o`qilgan hukmga rozi bo`ldi. Biroq Xyonesning himoyachisi Xanns Faygen sud hukmidan noroziligi haqidagi arizani berishini ma`lum qildi.

Xyonnes 3,5 million evro miqdorida soliq to`lamaganlikda ayblangan edi. Biroq dushanba kuni bo`lib o`tgan sud davomida uning advokati to`lanmagan soliq miqdori aslida 15 million evroga ko`pligini ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1