1

“DORI IChISh VAQTINI O`TKAZIB YuBORAYaPMAN...”

Salomatlik 11.12.2017, 15:37
“DORI IChISh VAQTINI O`TKAZIB YuBORAYaPMAN...”

— Menga autoimmun tireoidit tashxisi qo`yilgan. Davolovchi shifokorim yozib bergan dori vositalarini belgilangan tartibda icholmayapman. Allamahalgacha ishlab, kech yotaman, ertalab esa tabiiyki, to`qqizga yaqin uyg`onaman. Bu muolaja natijasiga ta`sir qilmaydimi?

Saodat O`rinboeva, Quyi Chirchiq tumani

Dilfuza ORTIQOVA, oliy toifali shifokor-endokrinolog:

— Sizga autoimmun tireoidit tashxisi qo`yilgan bo`lsa, muntazam ravishda terioid gormonlar qabul qilinishi kerak. Preparatning qabul qilinish vaqti nahorga to`g`ri kelib, nonushtadan 30 daqiqa oldin ichiladi. Taomlangan so`ng qabul qilingan gormon dorisi kerakli darajada ta`sir ko`rsatmasligi mumkin. Davolovchi shifokoringiz tomonidan belgilangan gormonal preparatni ertalabki soat 9:00 da qabul qilishingiz mumkin, ammo bundan-da kechikmasin. “Unutibman”, deya tushlikdan so`ng qabul qilsangiz, moddalar almashinuvi kuchayib, kechki mahal tetiklik kuzatiladi, bu esa uyqusizlikni paydo qilishi mumkin. Ushbu xastalikda antitanachalar tekshiruvi muhim sanaladi. Tibbiy tahlil xulosasi tirtlar me`yorga kelganini ko`rsatsa, shifokor maslahati bilan boshqa preparatlarga o`tiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1