1

​“LAB BIChILIShI NIMADAN?”

Salomatlik 11.12.2017, 16:02
​“LAB BIChILIShI NIMADAN?”
— 14 yoshli qizimning labi, mana uch haftaki bichilib qoladi. Vazelin surtib ko`rdim, ammo foydasi bo`lmayapti. Ehtimol, bu vitamin tanqisligining belgisidir?

Oydin Rasulova, Toshkent shahri

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Xeylitlar – lab atrofi va terisining yallig`lanishi bilan kechadigan xastalik bo`lib, oddiy tilda uni lab bichilishi deb ataymiz. Mazkur hodisa bolalar orasida ko`plab kuzatiladi va buning sabablari turli omillarga bog`liq. Lab burchaklarida yallig`lanishni keltirib chiqaruvchi tashqi ta`sirlar bolaning yoshiga ko`ra turlicha ko`rinishda nomoyon bo`lishi mumkin. Allergik diatez, ekzema, neyrodermit, gipovitaminoz, lablarning noto`g`ri birlashishi – xastalikning asosiy sababchilaridir. Lab shilliq qavati issiqsevar bo`lib, tana haroratining dam ko`tarilib dam tushib ketishi (isitma chiqishi), quyosh nuri ta`sirida quruqshab qolishi, bezovlikni yuzaga keltirishi ham ehtimoldan xoli emas. Ayrim bolalarda lab chetini tishlash odati mavjud bo`lib, bu ham lab shilliq qavatida yallig`lanishga zamin yaratishi mumkin. Umuman olganda, lab chetidagi bichilish holatining izohi ko`p, asosiysi, bezovtalik boshlandimi uni albatta davolash kerak. Bakteriyalar ta`sirini istisno etish uchun umumiy qon tahlilini topshirish ayni muddaodir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1