BMTda bir yilda dunyoda qancha pora berilishini aniqlashdi. Noqonuniy mablag`larning umumiy qiymati bir trillion dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Repost.uz” yozadi.
BMT rivojlanish Dasturlari axborotiga ko`ra, korrupsiya har yili dunyo iqtisodiyotiga 2.6 trillion zarar keltiradi, shu bilan birga, rivojlanayotgan davlatlarda poraxo`rlik bilan bog`liq yo`qotishlar rivojlanish uchun etkaziladigan rasmiy yordamdan 10 barobar ko`proq.
Korrupsiya bilan kurashish nodavlat xalqaro tashkilot Transparency International habariga ko`ra Evropa v Markaziy Osiyoda eng yuqori darajadi korrupsiya 2016 yilda Rossiya va Ukrainada qayd etilgan, bu davlatlarda amaldorlar orasida kuchli korrupsiya borligi va jamiyat poraxo`rlikka loqayd ekanligi tasdiqlangan.






