1

“GO`DAKNING QAYT QILIShI KASALLIKMI?”

Salomatlik 11.12.2017, 16:48
“GO`DAKNING QAYT QILIShI KASALLIKMI?”

— O`g`lim emganidan so`ng qayt qilib yuborayapti. Oilaviy shifokorimiz “emizib bo`lgach, bolani ko`tarib yuring, yotqizib qo`ymang”, dedi. U aytganidek qildim, ammo qayt qilishi kamayganicha yo`q. Bu biror kasallik alomati emasmi?

Zulayho Dadajonova, Navoiy viloyati

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— 6-7 oygacha bolalarning qayd qilishi me`yor sanaladi. Agar bezovtalik ortib boraversa, qayd qilish miqdori bir osh qoshiqdan ortib borib, bola vazn qo`shishdan ortda qolsa, injiqlansa, uyqusi buzilsa, ich ketish kabi boshqa o`zgarishlar ham kuzatilsa, pediatr va bolalar gastroenterologiga murojaat qilish zarur. Farzandingizga oyiga mos qo`shimcha ovqat berib ko`ring, ba`zan aynan shundan so`ng qusish kamayadi. Ammo miqdorining oshirib yubormang, shu bilan birga, emizishni ham kanda qilmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1