Yamayka poytaxti Kingston shahrida afsonaviy sprinter, sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Boltning bronzadan yasalgan haykali ochildi. Haykalning balandligi 2,5 metrni tashkil qiladi va unda Boltning g`alabani nishonlash chog`idagi mashhur holati tasvirlangan.
“Ko`rganlarimni so`z bilan ta`riflash mushkul. Bu men uchun katta sharaf. Faoliyatim boshlangan Milliy stadionda haykalim bo`lishini tasavvur ham qila olmasdim. Yamayka xalqi mendan rozi bo`lishi, men bilan faxrlanib yurishi uchun harakat qilganman. Bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi”, — dedi Bolt.







