1

​XORAZMLIK “USTAMON” BANKIRLARNING “EB KETGAN” MABLAG`LARI FOSh BO`LDI

Jinoyat 12.12.2017, 17:24
​XORAZMLIK “USTAMON” BANKIRLARNING “EB KETGAN” MABLAG`LARI FOSh BO`LDI

Mazkur qing`ir ishning qiyig`i haqida Xorazm viloyati IIB ma`lum qildi.

Yangiariq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan A.S. va 1988 yilda tug`ilgan U.B.lar aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Yangiariq tumani filialida ishlagan dastlabki davrida o`zlarining mehnatkashligi hamda to`g`riso`zligi bilan obro`-e`tiborga sazavor bo`lishdi.

Ammo ular maqtovlardan havolanib ketishdimi yoki bankda ishlash jarayonida “bol tutgan barmog`ini yalaydi” deb o`ylashdimi bilmadik, ushbu ikki hamkasb bank tomonidan rasmiylashtirilgan fuqarolarning plastik kartochkalaridagi mablag`lardan vaqti-vaqti bilan “ozgina” foydalanib turishni odat qilishdi.

Mazkur bank filialida o`tkazilgan nazorat tekshiruvi jarayonida “ustamon” hamkasblar 2016 yilning dekabr oyidan boshlab qariyb 10 oy davomida 45 nafar fuqaroga tegishli plastik kartochkalaridan 9,5 million so`mga yaqin mablag`ni yashirin ravishda talon-taroj qilib o`g`irlaganliklari ma`lum bo`ldi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1