1

IHTNING FAVQULODDA SAMMITIDA O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI QATNAShADI

Siyosat 13.12.2017, 10:40
IHTNING FAVQULODDA SAMMITIDA O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI QATNAShADI

Joriy yilning 13 dekabr kuni Turkiyada Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammiti o`tkaziladi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig`matilla Yo`ldoshev boshchiligidagi delegasiya ishtirok etadi.

Bundan avval, ommaviy axborot vositalarida AQSh Prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olgach, Turkiya prezidenti Erdo`g`on Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari etakchilarining favqulodda sammitini Istanbulda 13 dekabr kuni o`tkazish tashabbusi bilan chiqqani to`g`risidagi xabarlar paydo bo`lgan.

11 dekabr kuni Shavkat Mirziyoev bilan Rejep Tayyip Erdo`g`on o`rtasida telefon orqali muloqoti bo`lgani, Prezidentlar Istanbul shahrida bo`lib o`tadigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibidagi masalalar, jumladan, mintaqaviy va xalqaro siyosatning boshqa dolzarb masalalari bo`yicha fikr almashgani rasman ma`lum qilingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1