1

BUGUN QIRG`IZISTON PREZIDENTI O`ZBEKISTONGA KELADI

Siyosat 13.12.2017, 13:21
BUGUN QIRG`IZISTON PREZIDENTI O`ZBEKISTONGA KELADI

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda O`zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Asosiy uchrashuvlar Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tadi. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti, turli sohalardagi o`zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1