“O`zbeknavo” estrada birlashmasiga yangi bosh direktor tayinlandi.
Joriy yilning 14 martidan bosh direktor lavozimini Bahodir Ahmedov egallaydi, deya xabar berdi Birlashma matbuot xizmati.
Bungacha Bahodir Ahmedov O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
“O`zbeknavo” bosh direktori lavozimini bundan avval Azamat Haydarov egallagan.





