AsosiyJamiyat

​ELEKTROQUVVATGA TO`LOVLARNI ISTALGAN VAQTDA SLICK ORQALI AMALGA OShIRISh IMKONIYaTI YaRATILDI!

'​ELEKTROQUVVATGA TO`LOVLARNI ISTALGAN VAQTDA SLICK ORQALI AMALGA OShIRISh IMKONIYaTI YaRATILDI!'ning rasmi

CLICK kompaniyasining xabar qilishicha, kirib kelayotgan Yangi yil arafasida barcha foydalanuvchilari uchun uylaridan chiqmasdan turib istalgan paytda elektroquvvatga to`lovlarni amalga oshirish imkoni joriy qilindi. Xizmatning yana bir qulay tomoni – bu elektroquvvat bo`yicha shaxsiy hisobraqamning balansini operativ tekshirish imkoni yaratilganidir. Uyga tekshiruvchi kelganda yoki o`zingiz uchun istalgan paytda hisobraqamdagi qoldiqni tekshirib olishingiz mumkin.

Shu bilan birga, kompaniya CLICK tizimida mavjud bo`lgan “Avtoto`lov” xizmati yordamida esa, foydalanuvchilarimiz istalgan summaga har oyning istalgan kuniga elektroquvvatga to`lovlarni avtomatlashtirishlari va o`z vaqtida to`lanishiga butunlay xavotirlanmasligi mumkinligini yana bir bor eslatmoqda.

    Boshqa yangiliklar