Namangan viloyatida bir necha kun avval dahshatli fojea sodir bo`lgan: to`rt kishidan iborat bir oila gazdan zaharlangan, deb yozadi “Repost.uz” nashri. Oila a`zolarining barcha vakillari vafot etgan. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, oila o`limiga havo so`rgichning ishlamay qolishi sabab bo`lgan.
Sodir bo`lgan voqea haqida qo`shnilar ikki kun o`tib, dushanba kuni xabar topishgan. Xabarda aytilishicha, avvalroq yong`in xavfsizligi inspektori isitish moslamalari va havo so`rgichlar holatini tekshirish uchun kelganida, oila vakillari uni uyga kirishiga ruxsat bermagan. Havo so`rgich moslamasi esa mayda shox-shabbalar bilan to`lib qolgan bo`lgan.






