Joriy yilning 1 aprelidan elektr energiyasi narxlari oshiriladi, bu haqda “O`zbekenergo” DAK xabar qiladi.
Kompaniya ma`lumotlariga ko`ra, elektr energiyaning yangi narxlari O`zbekiston respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Yangi tarifga ko`ra, elektr narxi 1 kVt uchun hozirgi 120 so`mdan 131,4 so`mga ko`tariladi.
So`nggi marotaba elektr energiyasi narxlari 2013 yilning 1 oktyabridan oshirilgan edi.