AsosiyJamiyat

Davlat aksiyadorlik sug`urta kompaniyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

O`zbekiston hukumati “Kafolat” Davlat aksiyadorlik sug`urta kompaniyasi bosh direktorini lavozimidan ozod etdi.

UzDaily nashrining xabar berishicha,  “Kafolat” bosh direktori Ikrom Xalimov egallab turgan lavozimidan Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan ozod etilgan.

Kompaniya bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib Ravshan Narzullaev tayinlandi.

Bungacha Narzullaev bosh direktorning birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U kompaniyaning 11 149 dona oddiy aksiyasiga ega.

    Boshqa yangiliklar