Angliya Premer-ligasining 18-turiga bugun start beriladi.
Ushbu turni “Lester” – “Kristal Pelas” uchrashuvi ochib beradi. So`nggi turlarda mazmunli o`yin namoyish qilayotgan Roy Xojson shogirdlari “tulkilar”ga qarshi bahs yuritadilar.
Ketma-ket ochko yo`qotishlar natijasida ettinchi pog`onaga tushib ketgan “Arsenal” bu turda “Nyukasl” to`sig`idan o`tishga urinib ko`radi. “Chelsi” esa Londonda “Sautgempton” bilan masalaga oydinlik kiritadi.
“Liverpul” klubi “Bornmut” maydoniga safar qilsa, “Stok Siti” o`zida “Vest Xem”ni qabul qiladi. Ushbu mavsum APLda hali biror marta mag`lubiyat alamini totib ko`rmagan Pep Gvardiola shogirdlari o`z maydonida “Tottenxem”ni mehmon qiladilar.
“Manchester Yunayted” klubi “Vest Bromvich”ga qarshi bahs yuritsa, turni “Everton” – “Suonsi” uchrashuvi yakunlab beradi.
uff.uz Angliya chempionati, 18-tur taqvimi bilan tanishtirdi:







