AsosiyJamiyat

PREZIDENT, XALQ UNI KEChIRDI! YoShLAR ITTIFOQI ESA JAMIYaTNING FAOL A`ZOSIGA AYLANTIRMOQChI

'PREZIDENT, XALQ UNI KEChIRDI! YoShLAR ITTIFOQI ESA JAMIYaTNING FAOL A`ZOSIGA AYLANTIRMOQChI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O`zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra, ozod etilgan yurtdoshlarimiz o`z oilasi, ota-onasi bag`rida farovonlikdahayot kechirmoqda.

Qashqadaryolik Jasur Karimov ham ana shunday diniy oqim a`zosi bo`libqolganini o`zi ham bilmay qoldi. Balki, o`quvsizligi yoki ishonuvchanligi bunga sabab bo`lgandir. Buning natijasida u diniy oqim a`zolari ro`yxatiga tushib qoladi va 5 yil davomida Rossiyada qochib yuradi.

— Rossiyada yurgan vaqtim atrofimdagilar “O`zbekistonga qaytsang qamab qo`yishadi, uydagilaringni tinch qo`yishmaydi”, deb juda qo`rqitishardi, — deydi Jasur Karimov. – Mana qaytib keldim, hech kim o`zimni ham, oila a`zolarimni ham bezovta qilishmayapti. Hozirda ishga joylashdim. Mana shunday buyuk baxtni Prezident berdi. Bu ishonchga sadoqat bilan yondoshishga va Vatan koriga yaraydigan sodiq farzand bo`lishga va`da beraman.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoev ta`kidlaganlaridek, “Islom faqat nurli hayotga, ilm-ma`rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo`ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g`oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo`lish – bu O`zbekiston xalqiga mutlaqo to`g`ri kelmaydi!”.

— Yoshlar ittifoqining eng asosiy vazifalaridan biri — diniy oqimlarga adashib kirib qolgan yoshlarni to`g`ri yo`lga boshlash, kasb-hunarga o`rgatish va bandligini ta`minlashdan iboratdir,— deydi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Sattarov. — Shu maqsadda ular bilan yakka tartibda uchrashuvlar tashkil etib kelmoqdamiz. Bu kabi uchrashuvlarning o`tkazilishidan asosiy maqsad, yoshlar bandligini ta`minlash, turli xildagi jinoyatlarning oldini olish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashdir.

Yoshlar ittifoqi Jasur Karimovga imtiyozli kredit olib bermoqda. Maqsad uni jamiyatning faol a`zosiga aylantirish!

Ha, davlatimiz, xalqimiz mehribon. Xato qilganni kechirib, yiqilganni suyaydi. Unga to`g`ri yo`l ko`rsatib, qaddini tiklab, qaytadan jamiyatning faol a`zosiga aylanishiga imkoniyat beradi.

    Boshqa yangiliklar