O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining bergan ma`lumotlarga ko`ra, 2013 yilning yanvar-dekabrida FHDYo organlarida 303,7 mingta nikoh qayd etilgan.
Ajralishlar soni esa 24 mingtani tashkil qilgan. Bu esa har ming aholiga nisbatan 10 ta (2012 yilning shu davrida – 10 ta) nikoh va 0,8 ta (2012 yilning shu davrida – 0,6 ta) ajralish to`g`ri keldi degani.
Daslabki ma`lumotlarga ko`ra, 2014 yilning 1 yanvar holatiga respublikada doimiy aholi soni 30488,6 ming kishini tashkil qildi va 2013 yil yanvar-dekabrda 495,1 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko`paydi.
Shundan, 51 foiz, ya`ni 15552,8 ming kishi - shahar va 14935,8 ming kishi - qishloq joylarida istiqomat qiladi.