AL-QUVAYTDA O`ZBEKISTON MADANIYaT KUNLARI

Madaniyat 18.12.2017, 10:48
AL-QUVAYTDA O`ZBEKISTON MADANIYaT KUNLARI

Al-Quvayt shahrida O`zbekiston madaniyat kunlarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. O`zbekiston madaniyat kunlarining ochilishi O`zbekistonni madh etuvchi fotoko`rgazmalar namoyishi bilan boshlandi. Quvayt Davlati markazidagi “Al-Advaniya” ko`rgazmalar galereyasi o`zbekona ruxda milliy bezatildi. Ko`rgazma zali markaziga yirik o`lchamdagi baner, davlat bayroqlari va davlat rahbarlarining portretlari o`rnatildi.
Ko`rgazma asosan 5 qismdan iborat: O`zbekiston - Islom ma`rifati va allomalar yurti; Xalq hunarmandchiligi va amaliy san`ati buyumlari namoyishi (xattotlik, yog`och o`ymakorligi, miniatyura, kandakorlik, kashtachilik, atlas va adras); O`zbekistonning sayohlik salohiyati (15 turdagi maxsus buklet, videoroliklar namoyishi); O`zbekiston tarixi va bugungi jadal taraqqiyotini yorqin aks ettiruvchi fotoko`rgazmalar namoyishi o`tkazildi.
Mehmonlarni milliy lisoblardagi o`zbek qizlari hurmat va ehtirom bilan kutib oldi.
Quvaytda O`zbekiston madaniyati kunlari rasmiy ochilish marosimi soat 10.00da davlat madhiyalari va Quroni Karimdagi oyat bilan boshlandi.
Oldindan tayyorlangan maxsus dasturga muvofiq, tadbirni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov ochib berdi.

Tadbirda Kuvayt Madaniyat, san`at va adabiyot milliy kengashi bosh kotibi Ali Xuseyn al-Yuxa (lavozimiga ko`ra – vazir) va uning vakillari, shuningdek, Quvayt davlatidagi O`zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom A`loev hamda elchixona xodimlari qatnashdi.
Tadbirning rasmiy ochilishi marosimida tomonlar o`zaro esdalik sovg`alarini bir birlariga taqdim etishdi.

Tadbirda o`n beshdan ortiq davlatning Favqulodda va muxtor elchilari, boshqa mamlakatlarning elchixona xodimlari, quvaytliklar va quvaytdagi o`zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Ko`rgazmaning har bir bo`limi, ayniqsa, xattotlik hamda xalq hunarmandchilik buyumlari, O`zbekiston madaniy merosi Ali Xuseyn al-Yuxa va tadbirning boshqa ishtirokchilarida katta qiziqish uyg`otdi.
Masalan, xattot Habibullo Solih mehmonlar ishtirokida O`zbekistonda saqlanayotgan muborak Usmon Mushafining birinchi sahifasi (Fotiha sur`asini) xattotlik san`ati asosida yozib berdi, ushbu yozilgan san`at asarini O`zbekiston madaniyat kunlaridan esdalik sovg`asi sifatida “Ali Xuseyn al-Yuxaga taqdim etdi.
Shuningdek, yog`och o`ymakorlik maxsulotlari namoyishida Lavh, uning maqsadi va undan foydalanish ishlari tadbirning har bir ishtirokchisini qiziqtirdi. Ali Xuseyn al-Yuxa va ko`p davlatlarning elchilari undan o`zlari uchun tadbirdan esdalik sifatida oldilar.
Fotoko`rgazmadan joy olgan har bir fotosurat mehmonlarnin diqqatini o`ziga jalb etdi, ayniqsa, Registon majmuasi va Ichan qal`a ishtirokchilarning O`zbekistonga bo`lgan qiziqishini keskin oshirdi.
Tadbir davomida o`zbek san`at ustalari tomonidan mashhur milliy kuylar jonli ijro etildi. O`zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov g`ijjakdagi yuksak mahorat bilan ijro etgan musiqasi bilan barchani shaydo etdi.

“Al-Advaniya” ko`rgazmalar galereyasining ikkinchi bo`limida O`zbekistondan keltirilgan noz-ne`matlar, sarhil mevalar, milliy qandolatchilik mahsulotlari, oshpazimiz tomonidan tayorlangan palov tortilishi bayramga o`zgacha ruh bag`ishladi.
Ayniqsa, quruq va sarhil mevalar, xususan, uzum va anor ko`plab tadbir ishtirokchilari, elchilar va quvaytliklarni O`zbekiston zaminiga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarimizga bo`lgan qiziqishini orttirdi.


Al-Quvayt shahrining 10 dan ortiq OAV vakillari ochilish marosimini yoritishdi. Tadbirning birinchi kunida 5 ta davlat elchilari intervyu berib, madaniyat kunlari xaqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1