15 dekabrdan 16 dekabrga o`tar kechasi quyuq tuman tushishi tufayli uchish va qo`nishda ko`rishning yomonlashganligi bois Toshkent, Buxoro va Andijon aeroportlari yopib qo`yildi. Milliy aviakompaniyaning 11 reysi zahira aerodromlariga yo`l oldi.
Ayni paytda Sochi – Toshkent yo`nalishi bo`yicha uchib kelayotgan HY686 va Nukus – Toshkent yo`nalishi bo`yicha kelayotgan HY54 reyslari zaxira aerodromi — Samarqand xalqaro aeroportiga yo`naltirilgan. Qolgan bir necha reyslarning uchib kelishi va Istanbul, Nukus kabi shaharlarga reyslarning parvozi ham kechiktirilgan.
Toshkent va Samarqand shahridagi aeroportlardagi reyslarning holatini milliy aviakompaniyaning onlayn tablosi yoki aeroportlarning ma`lumotxonasi orqali bilib olish mumkin.
«Milliy aviakompaniya ekipajlari ob-havo sharoiti yaxshilanishi hamono reyslarni amalga oshirishga tayyor. Paydo bo`lgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va bizni to`g`ri tushunganingiz uchun tashakkur bildiramiz», deyiladi MAK xabarida.






