1

RAMZAN QODIROV: “ShAVKAT MIRZIYoEV O`Z XALQINI, VATANINI SEVADI”

Siyosat 18.12.2017, 13:40
RAMZAN QODIROV: “ShAVKAT MIRZIYoEV O`Z XALQINI, VATANINI SEVADI”

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevni davlat rahbari sifatida faoliyat boshlaganiga bir yil to`lishi munosabati bilan tabriklab, Prezidentimizga mustahkam sog`liq va xotirjamlik tiladi.

Shuningdek, Qodirov o`zining “Instagram” tarmog`idagi rasmiy sahifasida davlatimiz rahbarining “O`zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga munosabat bildirgan.

Ramzan Qodirovning ta`kidlashicha, ushbu qaror Shavkat Mirziyoev Prezidentligining ikkinchi yili boshlangan kunda qabul qilingani ulkan ramziy ma`noga ega.

“Men katta tajriba, mustahkam iroda, dono, o`z mamlakatining gullab-yashnashida samimiy istagi bor Islom dunyosining buyuk davlat arbobi Shavkat Miromonovich bilan tanishganimdan xursandman. U o`n uch yil mobaynida mamlakat hukumatini boshqargan. Iqtisodiyot tizimini, respublikadagi barcha muammo hamda ularni hal qilish yo`llarini yaxshi biladi. Eng muhimi, Shavkat Mirziyoev o`z xalqini sevadi, o`zining bor kuch va bilimini O`zbekistonni yanada yuksaltirish uchun sarflashga tayyor”, deya yozadi R. Qodirov.

Checheniston rahbari O`zbekistonga tashrifi chog`ida Shavkat Mirziyoev Islom dunyosi merosi, islom sivilizasiyasi hamda muqaddas qadamjolarni asrab-avaylashga alohida e`tibor qaratayotganiga guvoh bo`lgan. Bundan tashqari, yoshlar islom dinini chuqur o`rganish imkoniyatiga ega.

“O`zbek xalqining kayfiyati yuqoriligi iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar, sport, adabiyot, san`at, xullas, barcha jabhada seziladi. Ishonchim komilki, xalqlarimiz o`rtasidagi aloqalar kun sayin kengayib, mustahkamlanib boraveradi”, deydi Ramzan Qodirov.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Ramzan Qodirov O`zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida u Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bilan uchrashib, o`zaro manfaatli hamda ko`p qirrali aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1