O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligidan ma`lum qilishlaricha, O`zbekistondagi barcha umumiy ta`lim maktablarida qishki ta`til 28 dekabrdan boshlanib, 10 yanvarga qadar davom etadi.
2018 yil 11 yanvar, payshanba kunidan boshlab umumiy o`rta ta`lim maktablari yana o`quvchilarga quchoqlarini ochadi. Umumiy ta`til kunlari esa dam olish kunlari bilan 14 kun etib belgilangan.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan umumiy o`rta ta`lim uchun qishki ta`til 11kundan 14 kunga uzaytirilgan edi.






