Hindistonning mashhur universitetlaridan biri — Javaharlal Neruda Yoshlar ittifoqi delegasiyasi, Hindiston yoshlar tashkiloti etakchi talabalari o`rtasida uchrashuvbo`lib o`tdi.
Uchrashuv doirasida Yoshlarni qo`llab-quvvatlash umumiy dasturi (NSS)ning taqdimoti bo`lib o`tdi.
Qolaversa, O`zbekiston yoshlar ittifoqi delegasiyasi vakillari ham mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda O`zbekiston to`g`risida rolik taqdimotini namoyish qilishdi. Ishtirokchilar bilan o`zbek yoshlari faoliyatiga oid tajribalar almashildi.
Shuningdek, delegasiya a`zolari Hind mahoratini rivojlantirish markaziga tashrif buyurishdi.
Mazkur markaz yoshlarga ta`lim berish va ularning bandligini ta`minlash bo`yicha ish olib boradi.
Hind mahoratini rivojlantirish markazi o`z faoliyatini 2006-yili boshlagan va shu vaqt davomida 3 milliondan ortiq yoshlarni ish bilan ta`minlagan.
Markaz vakillari o`z faoliyati bo`yicha taqdimot o`tkazdi va o`zbekistonlik delegatlar bilan tajriba almashdi.
19.12.2017 11:26
YoShLAR ITTIFOQI DELEGASIYaSI HINDISTONDA






