1

Xitoy samolyoti yo`qolgan Boeing’ning bo`laklarini topgan bo`lishi mumkin

Dunyo 24.03.2014, 12:44
Xitoy samolyoti yo`qolgan Boeing’ning bo`laklarini topgan bo`lishi mumkin

Xitoy samolyoti  yo`qolgan Boeing’ga tegishli bo`lishi mumkin bo`lgan bo`laklarni topdi.  “Sinxua” axborot agentligining xabar qilishicha, Malaysia Airlines  laynerining qidiruv ishlarida qatnashayotgan Xitoyning Il-76 samolyoti ekipaji  shubhali jismlarni topgan. Qolgan ma`lumotlar hozircha oshkor etilmayapti.

O`tgan haftada Avstraliya dengiz kemalari harakat xavfsizligi boshqarmasi (AMSA) Malaysia Airlines aviakompaniyasining yo`qolgan  Boeing 777-200 samolyotiga tegishli bo`lishi tahmin qilingan, Pert (Avstraliya) shahridan 2,5 ming km uzoqlikda suzib yurgan ikkita bo`lak topgani haqida ma`lum qilganidan edi. Shundan so`ng  qidiruv ishlarida qatnashayotgan deyarli barcha samolyot va kemalar Hind okeanining janubiy qismiga yuborilmoqda.

Bundan tashqari AQSh havo-dengiz kuchlari yuqori texnologiyali  Towed Pinger Locator ovozli lokatorini yuqorida ko`rsatilgan joyga yuborgan. Bu qurilma samolyot bortidagi o`ziyozar mexanizmni aniqlashga yordam beradi.

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan. Ayni damda laynerning qidiruv ishlarida 26 ta mamlakat ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1