1

SENAT YaLPI MAJLISIGA QIZG`IN HOZIRLIK KO`RILMOQDA

Siyosat 19.12.2017, 16:05
SENAT YaLPI MAJLISIGA QIZG`IN HOZIRLIK KO`RILMOQDA

20 dekabr kuni Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi. Bugun parlament yuqori palatasi qo`mitalari majlislarida yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda ko`rib chiqilmoqda.

Xususan, Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi majlisida O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg`armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.

Qayd etilganidek, mazkur hujjatda ko`zda tutilgan chora-tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan belgilab berilayotgan maqsadlar va ustuvor yo`nalishlarni, shuningdek, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlashga qaratilgan.

Qayd etilganidek, Davlat byudjeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan e`tirof etilgan makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilgan.

Avvalgi yillar kabi kelgusi yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan xarajatlar ustuvorliklari saqlab qolinadi.

Eslatib o`tamiz, Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarning izchil ijrosiga qaratilgan O`zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari va masalalar kiritilmoqda.

“Ma`muriy tartib-taomillar to`g`risida”gi, “Kelajak bunyodkori” medalini ta`sis etish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi, O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Harbiy doktrinasini tasdiqlash to`g`risidagi, yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi, O`zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksi, O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksi, “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunlar va boshqalar shular jumlasidandir.

Shu bilan bir qatorda yalpi majlisda senatorlar 2018 yilda fermer xo`jaliklarini bosqichma-bosqich ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklariga aylantirish bo`yicha dastur to`g`risidagi masalani ko`rib chiqadilar, O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to`g`risidagi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2017 yildagi o`z faoliyati to`g`risidagi axborotini eshitadilar.

Yalpi majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1