1

Avstraliya hukumati yo`qolgan Boeing bo`laklari topilganini tasdiqladi

Dunyo 24.03.2014, 16:39
Avstraliya hukumati yo`qolgan Boeing bo`laklari topilganini tasdiqladi

Avstraliya harbiy-havo kuchlarining P-3 Orion samolyoti Hind okeanida Malaysia Airlines aviakompaniyasining yo`qolgan Boeing 777 layneri bo`laklari topilganini tahmin qilmoqda. 

Shuningdek, Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbot ushbu bo`laklar Xitoyning Il-76 samolyoti ekipaji aniqlagan jismlar emasligini ma`lum qildi.

Hind okeanining janubida shubhali jismlar ko`ringani haqida Xitoyning IL-76 harbiy samolyoti xabar bergan edi. AQShning P8 Poseidon samolyoti bu xabarga aniqlik kiritish maqsadida ko`rsatilgan joyga uchib bordi. Ammo, samolyot bo`laklari deya tahmin qilingan jismlarni topilmadi, deyiladi Avstraliya dengiz harakati xavfsizligi boshqarmasi  bayonotida. 

Avstraliyaning Orion ekipaji esa ikki jism haqida xabar bergan, ulardan biri sariq, dumaloq, ikkinchisi olov rang va to`g`ri burchakli shaklga ega. Ular Avstraliya sohillaridan janubiy-g`arbda, Pert shahridan 2,5 ming km uzoqlikda topilgan. Bu haqda ABC nashri xabar bermoqda. Avvalroq sun`iy yo`ldosh tomonidan aynan ushbu hududda bo`laklar borligi aniqlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1