1

“BIR YILDA BIR MARTA, AMMO...”

Salomatlik 19.12.2017, 17:32
“BIR YILDA BIR MARTA, AMMO...”
— Bir yilda bir marta oyog`imning barmoqlari orasida qichishish paydo bo`ladi. Gohi yozda, gohida esa qishning so`nggi oylarida boshlangan bezovtalik zamburug`ga qarshi surtmalardan so`ng o`tib ketadi, ammo yana takrorlanishi xavotirga solayapti. Barmoq orasidagi zamburug`dan butkul xalos bo`lishning chorasi bormi? Nega yiliga qaytalanishini tushuntirib bersangiz?..

A.Shokirov, Samarqand viloyati

Rustam ZOKIROV, shifokor-dermatovenerolog:

— Zamburug`ga qarshi davolash choralari bajarilgach, har ikki haftada uch marta tahlil topshiriladi. Tahlil xulosasi “manfiy”, ya`ni zamburug` topilmadi, degan natijani ko`rsatsagina muolaja samarali yakunlandi, deb hisoblanishi mumkin. Bezovtalikning qaytalanishi esa ko`pincha kiyilgan poyabzalning etarlicha dezinfeksiya qilinmasligi oqibatida yuz beradi.

Bundan tashqari, oila a`zolaridan birida zamburug` bilan kasallanish holati mavjud bo`lsa, boshqalarning zararlanishiga olib kelishi mumkin. Zamburug`lar namlikni yaxshi ko`radi, agar muntazam ravishda havo o`tkazmaydigan oyoq kiyim, sintetik paypoqlardan foydalansangiz, terida yuzaga kelgan namlik tufayli zamburug`lar ko`payadi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda, yana bir marta tibbiy ko`rikdan o`ting.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1