AsosiyDunyo

BILL VA MELINDA GEYTSLAR JAMG`ARMASI FAOLIYaTI

'BILL VA MELINDA GEYTSLAR JAMG`ARMASI FAOLIYaTI'ning rasmi

Bill va Melinda Geytslar jamg`armasining faoliyati nafaqat ezgulikning bir ko`rinishi, balki haqiqiy bag`rikeng insoniylikning yaqqol namunasidir. Bill Geyts Uorren Baffet bilan hamkorlikda yaratgan dasturi doirasida hayoti davomida ishlab topgan pulining teng yarmini xayr-ehson uchun sarflashga omma oldida va`da berdi.

2011 yilda u Bill va Melinda Geyts jamg`armasi hisobiga 28 milliard dollar pul o`tkazdi. Jamg`arma bu pullarni ochlik, qashshoqlik kabi global muammolarni hal etish, sog`liqni saqlash, turli vaksinalar, tibbiyot uskunalari, dori-darmonlar sotib olish uchun sarflaydi. Masalan, jamg`arma tug`ma kasallik­larga chalingan bolalarni qo`llab-quvvatlovchi “Bolalarni qutqaring” tashkiloti hisobiga 112 million dollar, bezgakka qarshi yangi vaksina ishlab chiqarishi uchun MVI tashkilotiga 456 million dollar mablag` ajratdi.

    Boshqa yangiliklar