O`zbekiston respublikasida yuridik shaxslar tomonidan chet el banklarida xorij yoki milliy valyutada hisob raqamini ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibi tasdiqlandi.
Norma.uz'ning xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko`ra, chet elda hisob raqam ochish uchun ruxsatnoma Markaziy bank tomonidan beriladi.
O`zbekistonning diplomatik va boshqa vakilliklari, O`zbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi tijorat yoki xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanmaydigan vakilliklari faqatgina chet elda faoliyat yuritish davrida ruxsatnomasiz hisob raqamlarini ochishlari mumkin. Ularning chet eldagi faoliyati yakunlanganidan so`ng, ushbu hisob raqami yopilishi va hisob raqamidagi mablag` qoldig`i respublika hisob raqamlariga o`tkazilishi lozim.
Shuningdek, vakillik banklari xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda depozitlarni joylashtirishlari uchun chet elda korrespondent va boshqa hisob-raqamlariga ega bo`lishlari mumkin. O`zbekiston Respublikasi rezidentlari–yuridik shaxslariga ularning arizalarida ko`rsatilgan maqsadning amalga oshirish muddatiga qarab chet elda hisob-raqamlarini ochishga ruxsat beriladi. Taqdim etiladigan arizalar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmoyishlari, Hukumat qarorlari hamda O`zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalariga muvofiq bo`lishi lozim. Mazkur talablar Markaziy bank tomonidan beriladigan ruxsatnoma uchun asosiy shartlardan biridir.
Qarorda ushbu hisob-raqamlaridagi mablag`lar, shu jumladan elektron ko`rinishdagi mablag`lar harakatlari to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etish muddatlari belgilab berilgan.