1

Qabrlar orasida ochilgan restoran Hindistonda katta mashhurlikka erishdi (FOTO)

Dunyo 25.03.2014, 12:24
Qabrlar orasida ochilgan restoran Hindistonda katta mashhurlikka erishdi (FOTO)

Hindistonning Ahmadobodida yashovchi tadbirkor qadimiy qabristonda restoran tashkil qildi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar beradi. Hindu qabrlarni saqlab qolgan holda restorandagi stollarni joylashtirdi. 

Restoran 16 asrga tegishli qadimiy musulmon qabristoni o`rnida joylashgan. Hozirda ushbu ovqatlanish majmuasi katta mashhurlikka erishgan.

Restoran egasi Krishnan Kuttining aytishicha, qabriston uning biznesiga omad keltirmoqda.
Bu erda o`nga yaqin qabrlar bor. Har kuni ofisiantlar ish boshlashdan oldin ularning ustini tozalab, mato bilan yopiladi. 

“Marhumlarni hurmat qilish biz uchun juda muhim”, - deya ta`kidladi Kutti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1