AsosiyDunyo

OITSga ChALINGAN 22 NAFAR BOLANI ASRABOLGAN RAJIB

'OITSga ChALINGAN 22 NAFAR BOLANI ASRABOLGAN RAJIB 'ning rasmi

Rajib Tomasni oilasidagilar “Raji ota”deb chaqirishadi. U hech kimning xayoliga kelmagan ishga qo`l urdi. U OITS tashxisi qo`yilgandan keyin ota-onasi tomondan tashlab ketilgan 22 nafar bolani asrab oldi va Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan uyiga olib keldi. Ular hozirda 44 yoshli Rajibning rafiqasi va 2 nafar farzandi bilan birga yashashmoqda...

Rajibning rafiqasi yigirmadan ortiq bolaga uch mahal ovqat tayyorlash bilan band bo`lganda, u bolalarning bilim olishi va sog`ligi haqida qayg`uradi. Rajibning aytishicha, shuncha bolani boqib olishiga kasalxona oldida bo`lgan tasodifiy uchrashuv sabab bo`lgan.

“Kasalxona ko`chasida ozg`inligidan qoqsuyak bo`lib qolgan qizchaning erda uxlab yotganini ko`rdim. Uning OITS kasalligiga chalinganini, ota-onasi tashlab ketganligini bildim. Undan “Ovqat eysanmi?” deb so`radim. Qizcha ugra eyishni xohlayotganini aytdi. Aksiga olib, yon-atrofdan ugra topolmadim va unga ertaga kelishga va`da berdim. Ertasi kuni kelganimda, qizcha yo`q edi. Surishtirganimda uning vafot etganini aytishdi. Bu xabardan larzaga keldim va bunday og`ir ahvolga tushib qolgan bolalarga qanday yordam berishim mumkinligi haqida o`yladim”, deb xotirlaydi Rajib.

Shundan keyin u kasalxonadagi OITS bo`yicha mutaxassis ayolga uchrashib, bemor bolalarni asrab olish niyati borligini bildirdi. Shifokor ayol unga ota-onasi tashlab ketgan ikkita chaqaloqni asrab olishda yordam berdi.

"Avvaliga juda qiynaldik. Uyimizda bor-yo`g`i bitta ko`rpa borligidan, unga 4 ta bola va rafiqamni yotqizib, o`zim quruq erda yotishga majbur bo`ldim. Keyinchalik rahmi kelgan odamlar bizga ko`rpa-to`shak, oziq-ovqat mahsulotlari va pul ehson qilishdi. 4 kishidan iborat oilam asta-sekinlik bilan 24 kishilik oilaga aylandi. Mening OITSga chalingan bolalarni asrab olayotganimni eshitgan boshqa kasalxonalar ham bemor bolalarni menga yuboradigan bo`ldi. Barcha asrab olgan bolalarim meni dada, deb chaqiradi. Otaning vazifasi esa o`z farzandlarini himoya qilishdan iboratdir. Umuman olganda, men judayam katta qahramonlik ko`rsatganim yo`q, balki o`z farzandlarimga g`amxo`rlik qilmoqdaman" deydi Rajib.

    Boshqa yangiliklar