AsosiyDunyo

FORBES ROSSIYaDA YIL BIZNESMENINI E`LON QILDI

'FORBES ROSSIYaDA YIL BIZNESMENINI E`LON QILDI'ning rasmi

“Alfa-grupp” asoschisi LetterOne Lyuksemburg xoldingi aksioneri Mixail Fridman “Forbes” jurnalining Rossiyadagi nashri tomonidan yil biznesmeni, deb topildi. Bu haqda “Repost.uz”Repost.uz xabar bermoqda.

Nashrning ta`kidlashicha, Fridman – ikkinchi yil ketma-ket yil biznesmeni bo`lgan birinchi tadbirkor. 15 mlrd. AQSh dollariga teng mablag`ga ega biznesmen 2012 yilda “Rosneft”ning 50 foiz aksiyasini 28 mlrd. dollarga sotish bitimining asosiy tashabbuschisi bo`lgan.

Bu yil Fridman chet el kompaniyalariga 5 mlrd. dollardan ortiq sarmoya qilgan. LetterOne kompaniyasi 1,77 mlrd. funtga Angliyaning Holland & Barrett sog`lom ovqatlanish tarmog`ini sotib olgan va ikki amerika kompaniyasi – Parexel va BakeMark sotib olgan fondga 3 mlrd. dollar sarmoya qilgan.

    Boshqa yangiliklar