AsosiySport

«Manchester Yunayted» - «Manchester Siti» - 0:3 (VIDEO)

Angliya Premer-ligasining 28-turining qoldirilgan  «Manchester Yunayted» - «Manchester Siti» o`rtasidagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq «Siti» bor kuchi bilan hujumga tashlandi va 45 soniyada Jeko David De Xea qo`riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi, 0:1.

Mazkur goldan so`ng «Siti» to`pni o`z nazoratiga oldi, «Yunayted» bo`lsa juda kam sonli bo`lgan qarshi-hujumlardan o`z omadini izladi.

Birinchi bo`limda jamoalar boshqa gol urishmadi va tanaffusga yo`l olishdi.

Ikkinchi bo`lim boshi huddi birinchi bo`lim kabi o`tdi. «Manchester Siti»ning hujumlari, uzatmalari, taktik chiroyli o`yin va Rio Ferdinandning ketma-ket xatolari.

57 daqiqaga kelib yana Jeko gol urdi. Burchak to`pi «Yunayted» jarima maydoniga etkazib berildi, Rio Ferdinanddan qochishga ulgurgan bosniyalik futbolchi dubl muallifiga aylandi, 0:2. 

Mazkur ikki goldan so`ng «MYu» jonlandi, ular o`yin tizginini o`z qo`llariga olishdi, hujumlar uyushtirishdi, biroq ularni yakunlashda ko`plab muammolar yuzaga keldi.

90 daqiqada Yahyo Ture 0:3 hisobidagi yakuniy natijani o`rnatdi. Shu tariqa, «Siti» 29 o`yindan so`ng 66 ochko to`plab musobaqa jadvalining ikkinchi o`rnida borishmoqda.


APL
Qoldirilgan o`yin, 28-tur

Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 1 Jeko, 0:2 – 56 Jeko, 0:3 – 90 Yahyo Ture.

 

    Boshqa yangiliklar