Sog`lom bola yili munosabati bilan “O`zbekinvest”eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi uchta yangi “Sog`lom bola”, “Ona va bola” va “G`amxo`r ota-ona” sug`urta mahsulotlarini joriy etdi.
Podrobno.uz nashrining xabar berishicha, “Sog`lom bola” mahsuloti 3-14 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun yuqumli kasalliklardan sug`urta himoyasini taqdim etadi.
“Ona va bola” mahsuloti ona va bolaning 5 kundan ortiq kasalxona harajatlarini qoplashga mo`ljallangan.
“G`amxo`r ota-ona” esa 4 dan 14 yoshgacha bo`lgan bolalarni baxtsiz hodisalardan himoya qilishga mo`ljallangan. Asosan ushbu mahsulot sport seksiyalarida shug`ullanadigan bolalar uchun mo`ljallangan. Ushbu mahsulotlarni amalga oshirish ishlari sug`urta Markazi, hududiy filiallar va Kompaniyaning sug`urta bo`limlari orqali amalga oshiriladi.





