Dunyodagi eng katta shisha ko`prik Xitoyning Xebey provinsiyasida qurildi, mexmonlar uchun u shu yakshanba kuni ochiladi.
Shiszyachjuan shahri Xun`yagu tumanida joylashgan ko`prikning uzunligi 488 metr, eni – 2 metr.
Ko`prik qalinligi 4 santimetr bo`lgan 1077 ta shisha panellardan qurilgan. 70 tonn og`irlikka ega o`ziga hos konstruksiya 218 metr balandlikdagi ikki osma qoyani bog`lab turadi.
Ko`prikni loyihalashtirish jarayonida muhandislar uning o`rta qismini biroz chayqaluvchan qilib qurishdi. Hisob-kitoblarga ko`ra, ko`prik 2 mingga yaqin odamni ko`tara oladi, ammo hukumat qaroriga ko`ra unga bir vaqtning o`zida 500 tadan ortiq odam qo`yilmaydi.
Qurilish 1,5 yil davom etgan.






