AsosiyJamiyat

DINIY BAG`RIKENGLIK YaNADA MUSTAHKAMLANADI

'DINIY BAG`RIKENGLIK YaNADA MUSTAHKAMLANADI'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga Murojaatnomasida diniy mavzuga alohida e`tibor qaratdi.

AQShdagi «The Washington Times» gazetasida chop etilgan L.Tod Vudning «O`zbekiston diniy bag`rikenglik qaror topgan yurt» sarlavhali maqolasida islom dinining mohiyatini tushunish uchun O`zbekistonga borish kerak degan edi. Bu fikrda har tomonlama asos bor! Chunki istiqlol sabab yurtimizda dunyoviy va diniy ilmlarni o`rganish, ularning mazmun-mohiyatini yanada tadqiq etishga keng imkoniyatlar ochildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash, dinimiz tarixi, ulug` allomalar va aziz-avliyolarimiz merosini o`rganish hamda targ`ib etishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Hadisshunos alloma Iso Termiziyning Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi mangu oromgohida ilmiy markaz barpo etilgani, Buxoroda Bahouddin Naqshband hazratlarining qadamjolari, Toshkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbarasi kabi qadamjolarga bo`lgan e`tibor islom dinining asl mohiyati – ezgulik, faqat ezgulik ekanidan dalolatdir.

Davlatimiz rahbari o`z Murojaatnomasida buyuk allomalarimiz yodgorlik majmualari qoshida hadisshunoslik, musulmon huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma`rifiy yo`nalishlarni o`rganish bo`yicha maktablar tashkil etilganini ta`kidladi. Mazkur faoliyatini boshlagan maktablar o`rta asrlarda etishib chiqqan minglab olimu ulamolar, mutafakkir va shoirlar, avliyolar qoldirgan ilmiy va diniy merosni o`rganishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar