AsosiyJamiyat

«Nestle O`zbekiston» bolalar bilan Butunjahon suv Kunini nishonladi

Mana to`rt yildirki  «Nestle O`zbekiston» kompaniyasi global miqyosda 1992 yili BMT tomonidan ta`sis etilgan Butunjahon Suv Kunini keng nishonlamoqda. Har yili 22 mart Butunjahon Suv Kuni sifatida ko`plab mamlakatlarda tantana qilinadi. Suv - NESTLE kompaniyasi faoliyatining uchta muhim yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu orqali kompaniya o`z aksiyadorlari va halqaro hamjamiyat uchun qimmatbaho qadriyatlar yaratishga va suv zahiralarini tejashga chaqiradi.

Har yili «Butunjahon Suv Kuni»ning shiori etib turli dolzarb mavzular tanlanadi. Shu tariqa insonlarning e`tibori sayyoramizning eng qimmatbaho tabiiy zahirasi, ya`ni suvga va uning inson salomtaligi hamda ekologiyadagi beqiyos o`rniga yana bir bor qaratiladi. 2014 yil «Butunjahon Suv Kuni»ning mavzusi - «Suv va energiya». Suv va energiya o`zaro bog`liqdir. Energiyani ishlab chiqarish va uzatishda suv zahiralaridan foydalaniladi. Bu, ayniqsa, yadroviy, termal va gidroenergiya sohalari uchun uta muhim omildir. Shu bilan bir qatorda, xalqaro miqyosda ishlab chiqariladigan energiyaning  8%ga yaqini suvni tortib olish, tozalash va undan foydalanish uchun qo`llaniladigan jarayonlarda ishlatiladi.

Bu yilgi «Butunjahon Suv Kuni» ham suv va energiyani tejash uchun nimalarga e`tibor qaratish kerakligini ilgari surmoqda. «Nestle» kompaniyasining butun dunyo bo`ylab joylashgan fabrikalari xodimlari kelajak avlod uchun suv va energiyani qay tarzda saqlab qolishga qaratilgan chora tadbirlar haqida so`zlab berishni maqsad qilib qo`yganlar.  Bu chora tadbilar juda oddiy va tushunarlidir. Ular faqat qo`llanila boshlansa kifoya!

«Butunjahon Suv Kuni» doirasida «Nestle O`zbekiston» kompaniyasining Toshkent va Namangandagi zavodlariga maktab o`quvchilari va ularning ota-onalari, hamda O`zbekistonning etakchi OAV vakillari taklif etildidlar. Barcha mehmonlar zavod bo`ylab an`naviy sayyohatda ishtirok etdilar. Zavod bo`ylab tur chog`ida  mehmonlar suv ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan yaqindan tanishishga muyassar bo`ldilar. Shundan so`ng press-sayyohat ishtirokchilari tadbirga mahsus taklif etilgan bolalar shifokori tomonidan toza va sifatli ichimlik suvining tarkibi va uning inson salomatligi uchun foydali jihatlari haqida tayyorlagan ma`ruzasini tingladilar. Shifokor ota-onalar va OAV vakillari tomonidan yo`naltirilgan savollarga javob berdi. Tadbir so`ngida bolalar uchun qiziqarli tanlovlar va o`yinlar uyushtirildi. Toza ichimlik suvini iste`mol qilish ahamiyati va suvni tejash kabi bilimlar to`plamini o`zida aks ettirgan tanlov va o`yinlar ishtirokchilarga manzur keldi.

Filipp Gorbunov, «Nestle O`zbekiston»  Bosh Direktori: «Har yili «Butunjahon Suv Kuni» 15 000 nafar maktab o`quvchisi jalb qilingan tarzda dunyoning 30ta mamlakatida qo`llab-quvvatlanadi. Shuni mamnuniyat bilan ta`kidlamoqchimanki, «Nestle O`zbekiston» kompaniyasi ham to`rt yil davomida ushbu global harakatning ajralmas bir qismi sifatida namoyon bo`lib kelmoqda. 2014 yil O`zbekistonda «Sog`lom bola yili» deb e`lon qilingani esa bugungi bayramning dolzarb ahamiyatini yanada yaqqolroq ifoda etishga ko`mak beradi».

Marko Settembri, Nestlé Waters Prezidenti: «Suv – muhim va qimmatbaho zahira. Suv resurslarini saqlash borasidagi global mas`uliyatimiz, shuningdek kundalik gidratasiya tushunchasining ahamiyatlarini targ`ib etish bilan bir qatorda Nestlé Waters ning yana bir muhim vaziflaridan biri bu aholida toza ichimlik suviga nisbatan tejamkorlik hissini shakllantirish va uni kuchaytirishdir. Xodimlarimizning ushbu yo`nalishdagi faol ishtiroki suv resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga qo`shgan sezilarli hissasidir».

«Nestle» va Project WET hamkorlikda yaratgan o`quv dasturlari doirasida bayram kuni «Nestle»ning dunyo bo`ylab joylashgan fabrikalariga 8-12 yoshgacha bo`lgan maktab o`quvchilari uchun qiziqarli tarzdagi o`yinlar va tanlovlar tashkillashtiriladi. Bolalarga chuchuk suvni tejash qoida va asoslari, tana gidratasiyasi va gigiena haqidagi ma`lumotlarni sodda va ravon tarzda etkazish uchun esa 500 nafardan ortiq xodim jalb qilinishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar