1

“TOPIB BERGAN IShLARIDAN 2 HAFTADA BO`ShATIShDI”

Erkin minbar 23.12.2017, 11:44
“TOPIB BERGAN IShLARIDAN 2 HAFTADA BO`ShATIShDI”

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga ikki nafar farzandim hamda hasta onamning yolg`iz boquvchisi ekanligimni hisobga olib menga ish topishdayordam berishlarini so`rab ariza yozgan edim. Murojaatimdan so`ng issiqxonadan ish topib berishdi. U erda ish kunbay va mavsumiy bo`lib har kuni 10 OOO (o`n ming) so`m berishar ekan. Hech qanday ariza yozilmadi, buyruq ham chiqarilmadi. Ish topilganligidan xursand bo`lib 2 hafta ishladim, lekin arzimagan bahona bilan ishdan bo`shatishdi. Hozir yana ishsizman.”

Feruza Azizbekova, Sirdaryo viloyati Shirin shahri

M.MUHAMMADIEV, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarma boshlig`i:

Fuqaro F.Azizbekovaning ma`lumoti o`rta maxsus, mutaxassisligi hisobchi.Fuqaroga mutaxassisligi bo`yicha Shirin shahar “Dehqon bozori" MChJda hozirgi kunda vakant turgan bosh hisobchi lavozimiga ishga joylashish uchun yo`llanma berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1