AsosiyShou-biznes

ENRIKE IGLESIAS KONSERTIGA ChIPTALAR SOTILMAYDI

'ENRIKE IGLESIAS KONSERTIGA ChIPTALAR SOTILMAYDI'ning rasmi

Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konserti 28 dekabr kuni «Istiqlol» san`at saroyida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan (shu sabab taniqli so`z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018 yilga o`tib ketdi).

Avvalroq «Istiqlol» san`at saroyi direktori Isroil G`ulomov konsertga chiptalar sotilmasligi, unga tomoshabinlar faqat taklifnoma asosida kiritilishi haqida «Daryo»ga ma`lum qilgan edi.

Ispaniyalik xonandaning konserti chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkiloti va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatiladi.

Bundan tashqari, o`qishda va jamoatchilik ishlarida ma`lum bir yutuqlarga erishgan o`quvchi va talabalar ham Enrike Iglesiasning konserti chiptalarini qo`lga kiritishlari mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov boshqa taniqli xonandalar — Robbi Uilyams va Xose Karreraslarning Toshkentdagi konsertlarini uyushtirgani aytilgan edi.

    Boshqa yangiliklar