AsosiyDunyo

HAYoTINI XAVF OSTIGA QO`YIB, BOLANI QUTQARGAN SOBIQ POLISIYaChI

'HAYoTINI XAVF OSTIGA QO`YIB, BOLANI QUTQARGAN SOBIQ POLISIYaChI'ning rasmi

Bu voqea Rossiyaning Ural o`lkasida sodir bo`ldi. Ilgari YHXBda ishlagan sobiq polisiyachi rafiqasi bilan bozor-o`char qilishga ketayotganda yo`lning o`rtasida turgan uch yoshli qizchaga ko`zi tushdi. Sergey Frolov (qahramonimizning ism-familiyasi) darrov tormozni bosib, qo`rquvdan qotib turgan qizchani qutqarish uchun o`zini “GAZel” mashinasining tagiga tashladi. Agar yana bir necha soniya kech qolganda qizaloq avtomobil g`ildiraklari tagida qolgan bo`lardi... Yaxshiyamki, u bolani qo`liga olib, yo`l chetiga sakrashga ulgurdi, natijada hech kim jabrlanmadi.

    Boshqa yangiliklar