Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi qaroriga ko`ra 2018 yilda Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me`moriy va badiiy muzey-qo`riqxonasi uchun shaharning eski shaharga yaqin qismida yangi bino quriladi. Buning uchun 7 milliard so`m mablag` ajratilgan. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy sayti ma`lum qilmoqda.
Bundan tashqari, 8 ta muzey qayta ta`mirlanadi. Taniqli oqin Ergash shoir Jumanbulbul o`g`lining uy-muzeyi qurilishiga ham qariyb 2,5 milliard so`m mablag` beriladi. Bu choralar tariximizning noyob osori-atiqalarini asrash barobarida xorijlik sayyohlarga xizmat ko`rsatish ko`lamini oshirishga ham xizmat qiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.






