Volgogradlik Usub Kochoyan allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lishga ulgurgan.
Bundan uch yil ilgari u o`zining ish tartibi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehriga sazovor bo`lgan edi. Usub xushmuomala yo`lovchilar uchun chegirmalar tashkil etdi. Marshrut taksiga o`tirgan yo`lovchi salomlashsa 5 rublni, tabassum qilsa 10 rublni chegirma qildi.
Homilador ayollar, harbiy askarlar, imtihonni “a`lo” baholarga topshirgan oliy o`quv yurti talabalari, tug`ilgan kuni bo`layotgan odam esa Usubning mashinasida bepul o`z manziliga etish huquqiga ega. Ukrainada bo`lgan urush tufayli Volgogradga qochib kelgan muhojirlar uchun ham imtiyoz yaratib, ularga ham bepul xizmat qildi.“Agar kimgadir yaxshilik qilsangiz u sizga ming barobar bo`lib qaytadi”, deydi Usub uning ishidan hayratlangan odamlarga qarata.






