♈️Hamal
Haftaning birinchi yarmida ichki sezgingiz ko`p bora belgi beradi, sergak bo`ling. Hamkorlik aloqalarini o`rnatishda ikkilansangiz, shoshilmang. Bafurja o`ylab olish uchun hali fursat bor. Juma va shanba kunlari moliyaviy holatingiz yaxshilanadi. Bayram oldi mukofotlar kutyapti sizni! Ishingiz har doimgidek ko`p, ammo Yangi yilga yaqin barchasini reja bilan hal etishga harakat qiling. Bayram kunlarini oila davrasida o`tkazing.
♉️Savr
Yil oxiriga kelib yumushlaringiz har qachongidan-da ko`payadi. Toqatsizlana boshlaysiz, asablaringiz charchashi mumkin. Ammo bu vaqtinchalik holat. Kundalik tashvishlardan vaqt orttirib, do`kon aylaning. Bayram uchun yaqinlaringizga sovg`a-salom oling. Kayfiyatingiz ko`tariladi, ishdagi muammolardan ham chalg`iysiz. Hafta oxirlarida bosh og`riqlari bezovta qilishi mumkin. Tobingiz bo`lmasa, o`zingizni ko`pam urintiravermang. Arterial qon bosimining ko`tarilish xavfi bor.
♊️Javzo
Hamyonning po`stagini qoqish uchun eng ma`qul kunlar — seshanba va payshanbadir. Kattaroq xaridlarni ayni shu kunlarga mo`ljal qilavering. Boshi ochiq «javzo»lar yangi yil oldi o`z baxtlarini uchratishlari bashorat qilinmoqda. Munajjimlar rost so`zlashdimi yoki yo`q, diqqat qilsangiz, bilib olasiz. Oilali burj vakillarining munosabatlarida esa «muzlik davri»ga chek qo`yish fursati etdi. Bayram bahona eski ginalarni unutib, juftingiz bilan yarashib oling. Farzandlaringiz salomatligini ko`zdan qochirmang.
♋️Saraton
Kelayotgan haftada hamkasblaringizning sizdan umidlari katta. Korxona (tashkilot) uchun muhim qarorni qabul qilarsiz yoki anchadan buyon hal etilishi lozim bo`lgan muammoning chorasi topilar. Nima bo`lganida ham boshlanayotgan haftada barchaning diqqat-e`tibori sizga qaratiladi. Munajjimlarning ta`biricha, bayramga qadar o`zingizdagi komplekslardan xalos bo`lishingiz lozim. Yangi yilni ko`tarinki kayfiyatda va yangi rejalar bilan qarshi olsangiz, yil unumli va hayrli o`tadi.
♌️Asad
Boshlanayotgan haftada eski yilning hal etilmagan muammolarini ko`rib chiqing. Imkonini topolsangiz, chorasini ko`ring. Ish masalasida yangi loyihalarga shoshilmang. Rejalaringizni yangi yilning birinchi oyiga qoldirganingiz ma`qul. Hafta o`rtalariga kelib, qo`l va oyoqlarda og`riq bezovta qiladi. Uyqusizlikka chalinishingiz ehtimoli bor. Vaqt topib, shifokor ko`rigidan o`ting. Er-xotin munosabatlarida hammasi risoladagidek. Yangi yilda oilangiz safi kengayishi mumkin. Hozircha yaxshi xabarlar ilinjida niyatni yaxshi qilavering.
♏️Sunbula
Dushanbadan payshanbaga qadar atrofingizdagi insonlarga e`tiborli bo`ling. Yil yakunida kayfiyatingizni buzishlariga yo`l qo`ymang. Qarz oldi-berdisidan uzoqroq yuring. Moliyaviy masalalarda hech kimning o`rtasiga tushmang. Xonadoningizda bayram kayfiyatini paydo qiling. Yaqinlaringiz uchun sovg`alar hozirlang. Albatta, o`zingizni ham unutib qo`ymang. Yangi yil bahonasida soch turmagingiz, pardoz-andozingizni yangilab oling. Shu bahona yangicha obrazga ega bo`lib olasiz.
♎️Mezon
Bu hafta pul bilan bog`liq masalalarni hal eting. Kimdandir qarz olgan bo`lsangiz, imkon qadar uni qaytaring. Hatto yarmini berolsangiz ham ancha xotirjam tortasiz. Yil bo`yi stressli vaziyatlar ko`p to`qnash keldingiz. Bayram oldi kunlari asablaringizga dam bering-da, tashvishlarni unutishga harakat qiling. Turmush o`rtog`ingiz bilan munosabatlaringizda yangi sahifani ochish fursati etdi. Yangi yil buning uchun yaxshi bahona. Foydalanib qoling.
♍️Aqrab
Yil bo`yi tinim bilmay mehnat qildingiz. Sog`ligingizni o`ylamay qo`yganingizga ham ancha bo`ldi. Etar, bas! Yangi yilga shu holingizcha kirib bormang. Topgan daromadingizning bir qismini jamg`armangizga qo`shing-u, qolganini o`zingizga sarflang. Yangi liboslar xarid qiling, kerakli narsa-buyumlarni ham ko`zdan qochirmang. Yaqinlaringiz sizni tamoman boshqa qiyofada ko`rib, xursand bo`lishadi. Farzandlaringizga ko`proq vaqt ajrating. Ular sizning mehr-muhabbatingizga tashnalar.
♐️Qavs
Ishdagi masalalarni hal etishda sira ham ikkilanmang. Tavakkalchilik xarakteringizga xos aslida, biroq shu kunlarda negadir xayolingiz parishon bo`lib qolgan. Yil mobaynida kimnidir ranjitgan bo`lsangiz, munosabatlaringizni tiklab oling. Yangi yil bahonasida anchadan beri ko`rishmagan do`stlaringiz bilan uchrashing. Oila a`zolaringiz uchun sovg`a olish esdan chiqmasin.
♑️Jadiy
Yil poyoniga etayotganida ish masalasida hamkorlik takliflari bo`ladi. Rad etishga shoshilmang. Ammo darrov rozi ham bo`lmang. O`ylab ko`rish uchun vaqt oling-da, yangi yildan so`ng yangi rejalarni ko`rib chiqing. Kelayotgan haftada xarajatingiz ko`payadi. Avval kattaroq xaridlarni bajaring-da, so`ng kichikroqlariga e`tibor qiling. Juma va shanba kunlari juftingiz bilan ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Murosa qiling. Axir bayramni xafagarchilik bilan kutib olmaysiz-ku.
♒️Dalv
Boshlanayotgan haftada yugur-yugurlaringiz kamayadi. Vanihoyat oyoqni uzatib dam olishingiz mumkin. Boshi ochiq «dalv»lar yangi yilda oila qurish haqida jiddiy qaror qabul qilishlari lozim. Oilali burj vakillariga esa yaxshi xabarlarimiz bor — 2018 yil sayohatga chiqishingiz kutilmoqda. Hafta o`rtalarida pulingizni tejab ishlating. Zarur bo`lmagan narsa-buyumlarni xarid qilmang. Sog`ligingizda bezovtalik paydo bo`lsa, darrov chorasini ko`ring. Shamollash, tumov va tomoq og`riqlarini oyoqda o`tkazib yubormang.
♓️Hut
Dekabrning so`nggi kunlarida do`st-dugonalar bilan uchrashuvingiz ko`payib qoladi. Hech biridan qolib ketmang, demasak-da, harqalay imkonini topib borganingiz ma`qul. Bayram oldi kunlari oila a`zolaringizga e`tiborli bo`ling. Arzimas holatlarni deya bir-biringizning dilingizni hufton qilmang. Farzandlaringiz sizdan bayram sovg`asini kutishmoqda. Qimmatbaho xaridlar shartmas, shirinliklar hatto bayram kayfiyatini beruvchi pishiriqlar ham ularni xursand qiladi.






