O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada 26 dekabr kunida havo sovub ketishi, yomg`ir, qor va kuchli shamol bo`lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 30 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-28 dekabrda 2-7 daraja sovuq bo`ladi, 29-30 dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha ko`tariladi, kunduzi 27 dekabrda 0-5 daraja iliq bo`ladi, 28-30 dekabrda 7-12 daraja iliqgacha ko`tariladi; cho`l hududlarda 27-29 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 30 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent viloyati havo o`zgarib turadi, 27 dekabrda kechasi va ertalab yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. 28-30 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-29 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30 dekabrda kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-29 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30 dekabrda kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 28-30 dekabrda kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 27 dekabrda kechasi va kunning birinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, 28-30 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 dekabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-29 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 30 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 27 dekabrda ba`zi joylarda qor yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin, 28-30 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 dekabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-29 dekabrda 8-13 daraja sovuq, 30 dekabrda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 27-28 dekabrda 3-8 daraja sovuq, 29-30 dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo`ladi.






