AsosiyDunyo

Buryatiyalik pensioner ayolning oshqozonida o`nlab mixlar, boltlar va kumush zanjir topildi

'Buryatiyalik pensioner ayolning oshqozonida o`nlab mixlar, boltlar va kumush zanjir topildi'ning rasmi

Buryatiya kasalxonalaridan biriga 74 yoshli ayol keltirildi va uning oshqozonida 150 dona mix, gayka va boltlar borligi aniqlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Ayol kasalxonaga keltirilganda uning tana harorati yuqori bo`lgan. Shifokorlar esa buning sababini aniqlashga kirishishdi. Tekshiruvlar natijasida pensioner ayolning oshqozonida bir talay yot jismlar borligi ma`lum bo`ldi. Oqibatda u zudlik bilan operasiya stoliga yotqizildi. Ayolning oshqozonidan ulkan burama mixlar, boltlar, 15 santimetrli armatura bo`lakchasi, hattoki 925 probali kumush zanjir ham topildi. Mazkur buyumlar zanglab qolganidan ayol ularni qachon yutganligini aniqlashning iloji bo`lmadi. Ayni vaqtda ayol shifokorlarning qat`iy nazorati ostida davolanmoqda. Yot jismlar uning ichki a`zolariga umuman zarar etkazmagan. Ayol ularni nima maqsadda iste`mol qilgani haqida xabar berilmagan.

    Boshqa yangiliklar